Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tag: Qiynoqqa solish
Ombudsman, jamoatchilik va OАV vakillari bilan birgalikda qiynoqlarni oldini olish boʼyicha jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflariga start berildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat olib boruvchi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllashning oldini olish boʼyicha jamoatchilik vakillaridan iborat boʼlgan Ekspert guruhi tomonidan 2019 yildan buyon monitoringlar oʼtkazib kelinmoqda. Bu orqali esa jazoni ijro etish muassasalari, tergov xibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlarining taʼminlanishi boʼyicha Parlament va jamoatchilik nazorati oʼrnatilishiga erishilmoqda. 
“O‘rtasaroy” karantin majmuasida navbatdagi monitoring amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida tashkil etilgan Milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasidagi ekspert guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmua, yaʼni “O‘rtasaroy” karantin majmuasida joriy yilning 27 avgust kuni monitoring amalga oshirilganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur monitoring davomida, karantinga olingan shaxslarning yashash, ovqatlanish hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganilib, ekspert guruhi aʼzolari tomonidan karantinga olingan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan edi.
БМТнинг Иқтисодий ва ижтимоий кенгашида  Ўзбекистон биринчи маротаба иштирок этди
Жорий йилнинг 10-12 март кунлари Тайланд Қироллигининг Бангкок шаҳрида Бирлашган миллатлар ташкилотининг Иқтисодий ва ижтимоий кенгашининг Осиё ва Тинч океани учун Иқтисодий ва ижтимоий комиссияси минтақада хавфсиз, тартибли ва мунтазам миграция бўйича глобал шартномани амалга оширилишини кўриб чиқиш мақсадида, пандемияни ҳисобга олган ҳолда офлайн ва онлайн тарзда минтақавий йиғилиши ўтказилмоқда.
Омбудсманнинг Буюк Британия билан ҳамкорлиги янада мустаҳкамланмоқда
Жорий йилнинг 11 март куни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) Феруза Эшматова Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги элчиси Тим Торлоу ҳамда Сиёсий масалалар ва жамоатчилик дипломатияси сектори бошлиғи ўринбосари Майкл Баумни қабул қилди.
Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan maʼruzasi
Maʼlumki, 2020 yil dunyo hamjamiyatida koronavirus pandemiyasi kechganligi bilan boshqa yillardan tubdan farq qildi. Pandemiya barcha mamlakatlar qatori tabiiyki O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Asosiy maqsad, insonlarni hayotini saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab quvvatlashdan iborat edi. Pandemiya sharoitida joylardagi davlat va jamoatchilik vakillari birgalikda ehtiyojmand, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati, “temir daftar”lar tashkil etildi. Yagona ijtimoiy reyestr yaratildi, eng muhtoj qatlam vakillariga har tomonlama yordam ko‘rsatildi.
OMBUDSMAN VA YXHT HAMKORLIGIDAGI LOYIHALARNI KENGAYTIRISH  REJALASHTIRILMOQDA
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyixalar muvofiqlashtiruvchisi elchi Djon MakGregor bilan uchrashdi.
Ombudsman huzuridagi ekspert guruhi 14-son jazoni ijro etish koloniyasidagi sharoitlar bilan tanishdi
Joriy yilning 13 mart kuni Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi ekspert guruhi tomonidan navbatdagi monitoring tashrifi Toshkent viloyatidagi 14-son jazoni jazoni ijro etish koloniyasida amalga oshirildi.
Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Davlat rahbari Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida qiynoqlarni oldini olish, uning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashish, yopiq turdagi muassasalarda inson huquqlarini to‘liq taʼminlanish hamda aybdorga jazo muqarrarligi prinsipi asosida ishlarni tashkil etish, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman zimmasiga qator vazifalar yuklatildi. Joriy yilning 19 mart kuni Ombudsmanning 2021 yildagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi monitoring tashrifi Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyalariga amalga oshirildi
Ombudsman hamda Ombudsman huzurida jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan Ekspert guruhi tomonidan Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflari davom ettirilmoqda.
Qiynoq holatlarini aniqlash tizimi takomillashtiriladi - Prezident qarori loyihasida nimalar aks etgan?
2021 yil 30 mart kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) hamda Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish boʼyicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Qayd etish lozimki, mazkur loyiha “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 23-bandida belgilangan edi.
Navbatdagi seminar Qashqadaryo viloyatida tashkil etildi
Joriy yilning 9 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Oʼzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda “Mahkumlarning va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro-huquqiy normalar” mavzusida hududiy seminar oʼtkazildi.