Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
lead
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman)
Eshmatova Feruza Farxodovna
Telefon :
(71) 239-81-36
Qabul:
Chorshanba 15:00-18:00

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova 1979 yil Qashqadaryo viloyatida tugʼilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.
2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati boʼlgan. 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi raisi sifatida ishlagan.

Vazifalari va funktsiyalari

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1995 yilda tashkil etildi.
Ombudsman o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (ombudsman) to'g'risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.
Vakil - mansabdor shaxs bo'lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta'minlash vakolatlari berilgan.
O'zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo'yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to'ldiradi. Vakil O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko'maklashadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mamlakat qonunlariga muvofiq Vakilni saylash O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Vakil lavozimiga nomzod O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko'rib chiqishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Qonunchilikka asosan Vakil o'z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo'lmagan tarzda amalga oshiradi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.
Vakil faoliyatining asosiy printsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.
Vakilning hisoboti qonun hujjatlariga muvofiq, har yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida eshitiladi.
lead
Vakil o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil
Юнусова Алия Туйгуновна
Telefon :
(71) 239-13-54
Qabul:
Seshanba, 10:00 - 12:00

Aliya Yunusova yuridik fanlar nomzodi,  20 yildan ortiq vaqt davomida bolalar huquqlari bilan shug‘ullanadi. 1999 yildan buyon u Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazning taʼlim bo‘limi mudiri bo‘lib, u yerda bolalar huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. 2004 yildan beri u uch marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

Nelli Karimova — jurnalist, ko‘ngilli. Joan Roulingning Lumos xayriya jamg‘armasida amaliyot o‘tagan. Jamg‘arma 2005 yilda tashkil etilgan va butun dunyo bo‘ylab deinstitutsionalizatsiya g‘oyasini ilgari suradi. Shuningdek, u Chexiyadagi yetim bolalar profilaktikasi sohasida ishlaydigan Amaltea fondida o‘qib chiqqan.

  • Bola huquqlari bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Vakil) o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi;
  • Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas;
  • Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin;
  • Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek, uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
  • Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya qilinishi holati haqida ma’ruza taqdim etadi;
  • bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ayrim jihatlariga e’tiborni kuchaytirish zarur bo‘lganda Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasiga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzalar taqdim etishi mumkin;
  • Vakil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘zining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mintaqaviy vakillariga ega bo‘ladi;
  • bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vakil bilan kelishiladi.
  • davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy va boshqa axborot va materiallar so‘rab olish;
  • davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
  • bola huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi xabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etish va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etish;
  • bola huquqlari sohasidagi vaziyatni monitoring qilish va murojaatlar ko‘rib chiqish doirasida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga bola huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
  • harakatlarida bola huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;
  • qonunda nazarda tutilgan hollarda bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi arizalar va da’volar bilan sudlarga murojaat qilish;
  • bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida qonunda belgilangan hollar va shakllarda shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish;
  • aholi o‘rtasida bola huquqlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish, shuningdek, bola huquqlari amalga oshirilishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • bola huquqlari masalalari bo‘yicha o‘quv dasturlari tayyorlashda ishtirok etish, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb jihatlari yuzasidan o‘quv-seminarlar va treninglar tashkil qilish;
  • bola huquqlarini himoya qilishga doir ekspert va ilmiy-tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan shartnoma asosida jalb qilish;
  • bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar, xizmatlar, organlarga, shu jumladan ta’lim, tibbiyot muassasalari, qamoqda saqlash joylari va jazoni ijro etish muassasalariga muntazam ravishda va moneliksiz kirish;
  • O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan va xorijiy davlat hududida bo‘lgan bolaning huquqlarini himoya qilish uchun o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi kelishuvlarga va boshqa shartnomalarga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi, sud organlariga va ombudsmanlariga so‘rovnomalar yuborish;
  • o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish, ularning a’zoligiga kirish, shuningdek, boshqa davlatlar ombudsmanlari bilan hamkorlik qilish;
  • inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum, kelishuvlar tuzish, qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bola huquqlari masalalari yuzasidan xalqaro forumlarda muntazam ravishda ishtirok etish.
lead
Заместитель Уполномоченного правам человека (омбудсман)
вакант
Telefon :
(71) 200-10-96
Qabul:
10:00 -12:00
lead
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati mudiri
Azimov Saidbek Ibragimovich
Telefon :
(71) 239-86-33
Qabul:
10:00 - 12:00

1987 yil 18 sentyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti talabasi bo‘lgan. 2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi sifatida o‘qishni muvaffaqiyatli yukunlagan. 

Mehnat faoliyatini 2009 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida toifasiz mutaxacsis, kichik ilmiy xodimi lavozimida boshlagan. Keyinchalik, 2009-2014 yillar davomida Ombudsman Kotibiyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. 2014 yil apreldan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 
S.Azimov o‘z mehnat faoliyati davomida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘plab qonun va qonunosti hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Xususan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihalari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tuzilgan ishchi guruhlari tarkibida o‘zining takliflari bilan faol ishtirok etgan.

Huquqshunos sifatida tajribaga ega, qonunchilik tizimidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal qilish borasida yetarli tajribaga ega. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlarini oldindan baholay oladi, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda yetarli ish tajribasiga ega.

Kotibiyati mudiri o‘z vakolati doirasida:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlari, Vazirlar Mahkamasining ijro apparati, shuningdek, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlari, Vazirlar Mahkamasining ijro apparati, shuningdek, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda Kotibiyat nomidan ish ko‘radi;

  • Kotibiyat, uning sektorlari samarali ishlashini taʼminlaydi, Kotibiyat zimmasiga yuklangan funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  • Kotibiyat tarkibiy sektorlari ishini muvofiqlashtirib boradi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;

  • Vakil, uning o‘rinbosari faoliyatining hisobot va maʼruzalar, axborot materiallari bilan taʼminlanishini yaxshilash, axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi;

  • Kotibiyat tadbirlari rejasi tayyorlanishini tashkil etadi, Vakil topshirig‘iga binoan birgalikda Inson konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etish bo‘yicha komissiya majlislari kun tartibi loyihalarini ishlab chiqadi;

  • Vakilning parlament palatalari bilan hamkorligini va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishini taʼminlaydi, Vakil o‘rinbosari bilan birgalikda Vakil va davlat organlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, memorandumlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

  • Kotibiyat tarkibiy sektorlarida tayyorlangan masalalar to‘g‘risida Vakilga xabar beradi;

  • Kotibiyat faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, Vakil ko‘rib chiqishi uchun Kotibiyat tuzilmasi, shtatlari va kadrlari tarkibi masalalari yuzasidan takliflar, Kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

  • Vakilning qonunda belgilangan vazifalarini amalga oshirish yuzasidan zaruriyat tug‘ilgan hollarda, Kotibiyatga muayyan (Vakil tomonidan belgilangan) vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida tajribali mutaxassislarni jalb qiladi;

  • Kotibiyat mudiri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

lead
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (Ombudsman) matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʼyicha Vakil maslahatchisi
Fotima Saydaliyevna Madrahimova
Telefon :
(71) 239-84-25
Qabul:
-
Fotima Madraximova 1989 yil 1 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Mening yurtim” telekanalida boshlagan. 2015-2018 yillarda “Parlament soati” dasturi muxbiri va muharriri, 2018-2019 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi siyosiy sharhlovchisi hamda 2019-2020 yillarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanib, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
  • Ombudsman instituti faoliyati haqida OАV, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  • mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Ombudsman institutining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;
  • axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish;
  • OАV bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
  •  muntazam ravishda OАVda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
  • axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʼida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;
  • davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Vakilning faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʼrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʼgʼrisida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;
  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʼz rasmiy veb-saytida joylashtirish;
  • davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.