Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili mahalla binosida yashovchi fuqaroning murojaatini o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova Nukus shahridagi bir nechta mahallalarni aylandi. Doimiy ravishda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolar muammolarini o‘rganish davomida Mintaqaviy vakil mahalla binosida yashab kelayotgan ayol murojaatini eshitdi.

Aniqlanishicha, ushbu oila istiqomat qilayotgan bino yashash uchun mo‘ljallanmagan noturar joy hisoblanadi. Qolaversa, ayolning sog‘lig‘i kundan-kun yomonlashib, vaqtida davolanishga qo‘li kaltalik qilgani sabab hozirda og‘ir xastalik tufayli to‘shakka mixlanib qolgan.

Murojaatni nazoratiga olgan Zuxra Reymova dastlab, xasta ayolni Nukus shahar shifoxonasining kardiologiya bo‘limiga joylashtirib, uning sog‘lig‘i malakali tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olinishini taʼminladi.

Hozirda esa, ushbu oilani vaqtincha turar joy bilan taʼminlash masalasini hal etishga kirishgan.

Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari