Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: “Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga berilayotgan turar joylarning hammasi ham talab darajasida emas
01 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yana-da mustahkamlash masalasini kompleks o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qiynoq holatlarini aniqlash tizimi takomillashtiriladi - Prezident qarori loyihasida nimalar aks etgan?
30 Mar
2021 yil 30 mart kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) hamda Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish boʼyicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Qayd etish lozimki, mazkur loyiha “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 23-bandida belgilangan edi.
ISHGА TIKLАSH BOʼYICHА YANА BIR MUROJААT IJOBIY HАL ETILDI
30 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqarodan ishga tiklash bo`yicha murojaat kelib tushgan edi.
Ombudsman Buxoro viloyatida bo‘lib, inson huquqlarining taʼminlanish holatini o‘rgandi
27 Mar
Davlat rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida Ombudsman zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, qolaversa hududlardagi inson huquqlarini taʼminlanishi holatini o‘rganish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  boshchiligidagi ekspert guruhi joriy yilning 25-27 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish, ushbu guruhlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng va muntazam yoritish vazifasi yuklatilgan.
OMBUDSMAN ARALASHUVI BILAN FUQARO MEHNAT FRONTI ISHTIROKCHISI SIFATIDA RO‘YXATGA QO‘YILD
27 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro onasini mehnat fronti ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olinishida va unga davlat tomonidan tegishli tartibda eʼtibor berilishida yordam so‘rab murojaat qilgan.
Bolalar tinch va baxtli hayot kechirishlari shart
26 Mar
Joriy yilning 26 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil hamda YUNISEF hamkorligida O‘zbekiston tajribasiga asoslanib, "Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida qurolli mojaro hududlaridagi bolalar va ayollarni o‘z vataniga qaytarish va ularni jamiyatga samarali reintegratsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik" mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi.
OMBUDSMAN MUROJAATCHINING 17 YILLIK MUAMMOSINI HAL ETISHGA ERISHDI
26 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi fuqarodan uy-joyga egalik huquqini olish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Xorazm viloyatidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi
19 Mar
Joriy yilning 17 mart kuni Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Bolalar shaharchasida “Men emas, biz uddalaymiz” shiori ostida forum tashkil qilindi. Forumda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakili – Aliya Yunusova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Indira Holdorova, viloyat Kengashi raisi Islombek Yuldashev, Xiva shahridagi Bolalar shaharchasi hamda Urganch tumanidagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.
Navbatdagi monitoring tashrifi Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyalariga amalga oshirildi
19 Mar
Ombudsman hamda Ombudsman huzurida jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan Ekspert guruhi tomonidan Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflari davom ettirilmoqda.