Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2020-yilda inson huquq va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunchilikni buzish hollarini, ularga xizmat qiluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga 21 ta taqdimnoma kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bolalar ombudsmani to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
“Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini taʼminlaydi” “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasi
So‘ngi yillarda fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, “Biz jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi kafolatlarini taʼminlash maqsadida xalqaro andozalarga javob beradigan islohotlarimizni bundan buyon ham qatʼiy davom ettiramiz”. Har qanday inson uchun eng muhim mulk, avvalo bu uning uy-joyidir. Fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, shuningdek, boshqa xalqaro hujjatlarda ham begilangan bo‘lib, ushbu xalqaro hujjatlarda belgilangan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.